To‘yda ovqatdan zaharlangan fuqarolar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
- 01.06.2022 09:41
- 529
- Samarqand
Avvalroq Samarqanddagi to‘yda odamlar ovqatdan zaharlangani yuzasidan xabarlar tarqalgan edi. Viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Jomboy tumanida yashovchi 19 nafar fuqaro tibbiyot birlashmalariga to‘y bazmida ovqatdan zaharlanganligi yuzasidan murojaat qilgan.
Shulardan 14 nafari sog‘ligining holati qoniqarli ekanligi sababli ambulator sharoitda davolanishga yuborilgan. 5 nafari tibbiyot birlashmasida davolanmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Xabarda mazkur zaharlanish holati aynan qaysi hududdagi qaysi restoranda sodir bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa