Past Darg‘omdagi ovqatdan zaharlanish holati bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
- 15.09.2023 16:39
- 382
- Salomatlik
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Samarqand viloyat boshqarmasi xabariga ko‘ra, 14 sentyabr kuni soat 13:50dan 17:00ga qadar Past Darg‘om tumani turli xonadonlarida yashovchi besh nafar fuqaro ko‘ngil aynish, qayd qilish, ich ketish, qorin sohasida og‘riq, tana harorati ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan.
Shifokor ko‘rigidan so‘ng bemorlar “O‘tkir gastroentirit-ovqatdan zaharlanish” birlamchi tashxisi bilan yuqumli kasalliklar bo‘limiga o‘rta-og‘ir ahvolda yotqizilgan.
Shifoxonaga yotqizilgan besh nafar bemor 12 sentyabr kuni tumanning Amir Temur mahallasida joylashgan “Milares” savdo shoxobchasida “shaurma”, “xod-dog”, “gamburger” mahsulotlarini iste’mol qilgan, deyiladi rasmiy ma’lumotda.