Samarqanddan 36 nafar sportchi yozgi olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin
Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi olimpiya o‘yinlari 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustiga qadar o‘tkaziladi.
Bugungi kunda samarqandlik 30 nafar sportchi olimpiya, 6 nafar sportchi esa paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega.
Zero, samarqandlik sportchilar o‘tgan 8 oyda olimpiya o‘yinlariga kiritilgan 17 ta sport turi bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqalarda jami 102 ta, jumladan, 30 ta oltin, 28 ta kumush, 44 ta bronza medallariga egalik qilishgan.
Qayd etish lozimki, ushbu sportchilardan 13 nafarining olimpiyada o‘yinlariga yo‘llanma olish imkoniyati yuqori baholanmoqda.
Shuningdek, ulardan 3 nafari, xususan, boks bo‘yicha Fanat Kagramanov, yunon-rum kurashi bo‘yicha Muminjon Abdullayev, dzyudo bo‘yicha Muxammadkarim Xurramov olimpiya o‘yinlarida medallarni qo‘lga kiritishi kutilayapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 8 oyida olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun sport federatsiyalariga 2 milliard 275 million so‘m mablag‘ o‘tkazilgan.