Samarqandlik pillakorlar shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi

Bahorning seryog‘in kelishi, har xil injiqliqlariga qaramasdan, viloyatimiz pillakorlari 49 ming 350 quti ipak qurti urug‘ini sifatli jonlantirgan, barcha fermer xo‘jaliklari hamda kasanachilarga to‘liq tarqatgan holda 50 mingga yaqin aholining bandligi ta’minlandi.
- Agrotexnika hamda karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda ishlar to‘g‘ri olib borilganligi samarasida bugungi kun holatiga belgilangan rejadagi 2 ming 714 tonna pilla o‘rniga 2 ming 721 tonna pilla xirmon to‘kildi va reja 100,3 foizga uddalandi, - deydi Samarqand viloyati hududiy “Agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Yodgor Jo‘rayev. - Bu ko‘rsatkichga erishishda Past Darg‘om, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Oqdaryo, Paxtachi, Ishtixon hamda Payariq tumanlarining ulushi katta bo‘ldi. Viloyatimiz kumush tola ijodkorlari qo‘shimcha ravishda yana 100 tonnadan ortiq pilla topshirishni rejalashtirgan.