Samarqandlik quvnoq va zukko o‘quvchilar finalga chiqa oladimi?

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “Quvnoqlar va zukkolar” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichi o‘tkazildi.

Unda Buxoro, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari jamoalari ishtirok etdi. Tanlovning “5x5=25”, “Zukko, ziyrak o‘quvchi” hamda “Bizda hammasi 5” nomli shartlari bo‘yicha bellashdi.

Jamoalar orasida viloyatimiz sha’nini himoya qilgan Samarqand shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Pozitiv” jamoasi eng yuqori - 15,4 balni qo‘lga kiritdi. Buxoroliklar 14,6 ball, surxondaryoliklar 14,4 ball, qashqadaryolik o‘quvchilar esa 13 ball to‘pladi.

Mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazilgan tanlovning saralash bosqichlari yakunlariga ko‘ra, eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan 6 jamoa respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.