Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi

Samarqand shahridagi yoshlar markazida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Samarqand davlat universitetining “Ilhom”, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “O‘zbegim”, Samarqand davlat chet tillar institutining “Tarjimon” hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining “Dasturchilar”, Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Arxitektor”, Samarqand veterinariya meditsinasi institutining “Maroqand”, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetining “Turist” va Samarqand davlat tibbiyot institutining “Avesina” kabi jamoalar o‘zaro bellashdi.

Qiziqarli tarzda tashkil etilgan tanlov natijalariga ko‘ra, “Ilhom”, “O‘zbegim”, “Arxitektor” hamda “Maroqand” va “Turist” jamoasi navbatdagi bosqichga yo‘llanma oldi.

Abbos ASATOV.