Bugundan “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining hududlararo saralash bosqichiga start beriladi

Prezidenti ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishi belgilangan.
Joriy yilning sentyabr oyi davomida tanlovning tuman (shahar) bosqichida 4 550 ta umumta’lim maktablari jamoalari ishtirok etib, 54 600 nafar o‘quvchi-yoshlar jalb qilindi.
17-31 oktyabr kunlari tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlari o‘tkazildi. Hududiy bosqichlarda 5 970 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Tanlovda faol qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 ta jamoa (har bir hududdan bittadan) hududlararo bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Joriy yilning 5 noyabr kunidan boshlab, tanlovning hududlararo saralash bosqichiga start beriladi.
Barcha ishtirokchi jamoalarga omad yor bo‘lsin!
O‘tkazilish muddati
Samarqand viloyati, Samarqand shahri (5 noyabr)
Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanidagi 22-umumta’lim maktabining
“Element” jamoasi
Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi 21-umumta’lim maktabining
“Pozitiv” jamoasi.