“Pozitiv” Respublikada ikkinchi darajali quvnoq va zukko jamoa deb topildi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida viloyatimiz vakili - Samarqand shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Pozitiv” jamoasi muvaffaqiyatli qatnashdi.

Jamoa Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Yumor” jamoasidan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi. “Pozitiv”ning iste’dodli a’zolaridan biri Savlat Rustamov “Eng quvnoq ishtirokchi” nominatsiyasi bo‘yicha alohida taqdirlandi.

"Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovining uchinchi o‘rni Jizzax viloyatining “Yulduzlar” jamoasiga nasib etdi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.