Samarqandlik teatr aktyorlari qishloqda spektakl namoyish etdi

Samarqand viloyat musiqali drama teatri jamoasining bir guruh aktyorlari Toyloq tumanida ijodiy safarda bo‘ldi.
Tuman markazidagi 29- son Bolalar musiqa va san’at maktabida dramaturg X.Xursandov asari asosida sahnalashtirilgan “Bir o‘lib ko‘raychi” komediyasi namoyish etildi. Spektakl namoyishida mahallalardan kelgan 500 nafardan ortiq aholi vakillari maroqli dam oldi.
Tomosha so‘nggida aktyorlar bilan ijodiy suhbat uyushtirildi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda aholining ma’naviy hordiq chiqarishini ta’minlash maqsadida viloyatdagi 4 ta teatr jamoasiga Samarqand viloyati hokimligi tomonidan yangi avtobuslar berilgan edi.