Samarqandlik yosh matematik 1 million 628 ming dollarlik grant yutib oldi

Gap shundaki, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Samarqand filiali 11-sinf o‘quvchisi Ibrohim Narzullayev 19 ta xorijiy OTMlarga turli darajadagi grantlarni qo‘lga kiritib, muddatidan oldin o‘qishga qabul qilindi.

Buning uchun u matematika va ingliz tilidan yuqori natijalarga erishdi.

Ibrohim AQShning Florida shtatida joylashgan "Webber International University" universitetini tanladi va bu nomdor ta’lim dargohiga 100 foizlik grant asosida o‘qishni boshlaydigan bo‘ldi.