Samarqandning sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev ustidan sud hukmi o‘qildi. U 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi
- 02.08.2019 20:02
- 757
- Jinoyat va jazo
Bugun 2 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining yopiq sud majlisida sobiq hokim Turobjon Jo‘rayev va uning jinoiy sheriklariga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
"Jinoiy guruh rahbari" deya ko‘rsatilgan Turobjon Jo‘rayev Samarqand shahrida ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun pudratchilardan jami 2 140 000 AQSh dollari miqdorida pora olganligi aniqlanib, JKning 205 ("Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chiqish) va 210 ("Pora olish") moddalari bilan aybdor deb topilgan va 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Uning o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev 11 yilga, hokimlik bosh mutaxassisi Bahodir Xo‘jaqulov 7 yilga, mutaxassislar Botir Abdullayev 6 yilga va To‘lqin Sulaymonov 5 yilga (shartli) ozodlikdan mahrum qilindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa