Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDAQI jamoasi "Talabalar teatr studiyasi" festivalida g‘olib bo‘ldi

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan "Talabalar teatr studiyasi" festivalining hududiy (ikkinchi) bosqichi Samarqand viloyat rus drama teatrida bo‘lib o‘tdi.

Hududiy bosqichda teatr studiyalaridan “Ulug‘bek vorislari” (SamDAQI), “Ilhom” (SamDU) va “Humo” (SamVMI) jamoalari ishtirok etdi.

Festivalda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Ulug‘bek vorislari” teatr jamoasi Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” asarini sahnalashtirib, uni mahorat bilan ijro etdi va “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi bilan keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

Shuningdek, g‘olib jamoa “Eng yaxshi teatr studiyasi rahbari” hamda “Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyalarini ham qo‘lga kiritdi.