SamDTI professor-o‘qituvchilari Urgut tumani maktablari o‘qituvchilari uchun mahorat darsi o‘tdi

Samarqand davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Urgut tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ta’lim sifatini o‘rgandi.

Maktablarda ta’lim sifatini oshirish maqsadida institut rahbariyati tomonidan kimyo, biologiya va matematika fanlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etildi. To‘garaklarga institutning tegishli kafedra mudirlari va o‘qituvchilari biriktirildi. Ular maktab o‘quvchilarini tabiiy fanlar bo‘yicha bilim salohiyatini oshirishga ko‘maklashadi.

Xuddi shunday tadbirlardan biri Urgut tumanida bo‘ldi. Institutning stomatologiya fakulteti dekani o‘rinbosari S.Sultonov va fakultetning iqtidorli talabalari Urgut tumanidagi 22-, 94-, 152-sonli maktablarning 7-9-sinf o‘quvchilari ishtirokida tabiiy fanlar o‘qituvchilari uchun mahorat darslari o‘tdi. Unda Yaponiya tajribasida qo‘llanib kelayotgan interfaol o‘qitish orqali kimyo va biologiyaning yangicha qirralari ko‘rsatib berildi. Mahorat darslari o‘quvchi, o‘qituvchilari tomonidan iliq qabul qilindi va kelgusida bu kabi darslarning o‘tkazilishi bo‘yicha kelishib olindi.

SamDTI axborot xizmati.