Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qayta ijaraga berish tizimi takomillashtiriladi

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini ta’minlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–172-son, 12.09.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:

🔹 tuman (shahar) hokimliklari tasarrufidagi bo‘sh turgan yer uchastkalarini to‘liq hisobga olish va realizatsiya qilish;

🔹 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qayta ijaraga berish tizimini takomillashtirish.

✅ Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijarachilariga yer uchastkalarining bir qismiga nisbatan ijara shartnomasi bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) huquqi beriladi.

📝 Mazkur yerlar egalari va foydalanuvchilariga yer uchastkalariga bo‘lgan egalik qilish va foydalanish huquqlarini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarori asosida ijara huquqiga o‘zgartirish imkoniyati beriladi.

⏳ Bunda yerga egalik qilish va foydalanish huquqi ijara huquqiga o‘tkazilganda ijara muddati quyidagicha etib belgilandi:

🔸 O‘zbekiston fuqarolari va ular muassisligidagi yuridik shaxslar uchun – 30 yil;

🔸 chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun – 25 yil.