SamDUga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi
- 02.08.2022 11:46
- 840
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Camarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda fuqaro X.N. boshqa bir fuqaro J.ni Samarqand davlat univeritetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.