Sami Yusuf: "O‘zbek ijodkor va san’atkorlari bilan ishlash men uchun zavqli bo‘ldi"

"Buyuk ipak yo‘li" xalqaro turizm markazining tantanali ochilish marosimi konsert dasturini tayyorlashda ishtirok etgan mashhur bastakor va qo‘shiqchi Sami Yusuf Samarqand, O‘zbekistondan olgan taassurotlarini ijtimoiy tarmoqlarda shunday bayon qildi:

"Siz bilan Samarqandda bo‘lib o‘tgan o‘ziga xos voqea haqida qisqacha ma’lumot bera olishimdan xursandman.
Ushbu hayajonli tadbir va "Mega production" - Samarqandning sayyohlik markazidagi majmuaning ochilish marosimida Prezident, Bosh vazir va boshqa yuqori martabali mehmonlar ishtirok etishdi. Mening vazifam tadbirdagi musiqaning bir qismini yaratish, shuningdek, yana bir The Centre asarimning o‘zbek she’rlariga moslab, yangi ijroda taqdim etish edi.

Buyuk iste’dodi, o‘zining jo‘shqin madaniyati va ana’analariga xos o‘zbek sozandalari bilan uchrashish va ular bilan ishlash naqadar zavqli bo‘ldi.

Shou rejissyori va do‘stim Andrey Boltenko bilan yangi dasturlarda ishlash imkoniyati, uning cheksiz iste’dodi va ijodiy qarashlari uchun undan minnatdorman.

Taklif va mehmondo‘stlik uchun tashkilotchilarga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.

Cheksiz mehr va duolar ila Sami Yusuf".