SamVMIda onlayn bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi

Bu yil Samarqand veterinariya meditsinasi institutining bakalavriat yo‘nalishini 1366 nafar, magistraturi yo‘nalishini 47 nafar talaba bitirdi.
Bitiruvchilar uchun institutda onlayn formatda bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi. “Sizdan umidimiz katta, aziz bitiruvchilar!” shiori ostida tashkil etilgan uchrashuvda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, Respublika Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining fan, ta’lim va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i J.Tursagatov, shuningdek, talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti axborot xizmati.