SamVMIda qo‘shaloq bayram nishonlandi
- 07.12.2019 19:55
- 274
- Jamiyat
Samarqand veterinariya meditsinasi institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi hamda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda institutning bir guruh professor-o‘qituvchilari, xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari O‘zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi hamda oliygoh ma’muriyatining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tadbirda “Konstitutsiya bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi tashkil etilib, unda institut fakultetlari jamoalari huquqiy bilimlarini sinab ko‘rdi.
Tanlov yakunida g‘oliblik zooinjeneriya fakultetining “Adolat” jamoasiga nasib etdi.
SamVMI axborot xizmati.
Teglar:
Konstitutsiya qabul qilingan kun