Saratondan himoya, magniy va kerakli yog‘lar:Oshqovoq urug‘i aql bovar qilmas xususiyatlarga ega
Qovoq urug‘lari tarkibida oqsil, to‘yinmagan yog‘lar, biriktiruvchi to‘qima, magniy, antioksidantlar, jumladan fenollar va flavonoidlar mavjud.
O‘z navbatida, fenollar tanadagi hujayralarga zarar yetkazuvchi birikmalar bilan kurashishga yordam beradi, kasalliklar va erta qarishning oldini oladi.
Tana uchun foydali bo‘lgan keng ko‘lamli moddalar bilan bog‘liq flavonoidlar esa arteriyalar qattiqlashuvi, Alsgeymer va saraton kasalliklaridan himoya qiladi. Fenollar singari, flavonoidlar sog‘lom hujayralarga zarar yetkazuvchi va kuchli yallig‘lanish ta’siriga ega birikmalarga qarshi turadi.
Qizig‘i, urug‘larni qovurish ulardagi antioksidant ta’sirini yanada kuchaytirishi mumkin.
Tadqiqotlar qovurilganidan keyin qovoq urug‘larida yanayam ko‘proq fenollar va flavonoidlar hosil bo‘lishini ko‘rsatgan.
Urug‘larda sog‘lom yog‘lar mavjud. Ular qondagi yomon xolesterin darajasini pasaytiradi, bu esa yurak xastaligi va insult xavfini kamaytiradi.
Oshqovoq urug‘lari magniyning eng yaxshi manbaidir. Ushbu mineral organizmdagi 300 dan ortiq reaksiyalar, jumladan, asab tizimi va mushaklar ishlashini ta’minlash, sog‘lom immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlash, yurak urishi barqarorligini saqlash va suyaklar mustahkamligi uchun zarurdir. Magniy, shuningdek, tanaga energiya ishlab chiqarish va qondagi shakar darajasini nazorat qilishga yordam beradi.