Saxovatpesha yurtdoshlarimiz diqqatiga!

Mamlakatimizda ijtimoiy og‘ir ahvolda bo‘lgan fuqarolar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Prezidentimiz ayniqsa og‘ir kasallarni holida xabar olish, ularga g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha hammamizga o‘rnak bo‘lmoqda. Xususan, joriy yilning 14 may kuni Davlatimiz rahbari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lib, u yerda yotgan og‘ir kasallar xolidan xabar oldi.

Ixtisoslashtirilgan shifoxonalarga tashrifi davomida bir nechta xayriya ishlarini amalga oshirdi va qolganlarni ham shunday xayriya ishlariga jalb qildilar.

Shundan kelib chiqib, ushbu og‘ir kasallikka duchor bo‘lgan kasallarga yordam berish istagida bo‘lgan saxovatpesha fuqarolar uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi”ga homiylik qilish mumkinligini ma’lum qilamiz.

Jamg‘arma ShHR: 3046108603262663450901054
STIR: 201122919

Homiylik qilgan mablag‘ingiz og‘ir bemorlarga ko‘mak bo‘ladi.