Saylov kuzatuvchilari va vakolatli vakillar uchun o‘quv-seminar boshlandi
O‘zLiDeP Samarqand viloyati kengashi tomonidan partiya a’zolaridan tuzilgan kuzatuvchilar va vakolatli vakillar uchun “Saylovlar: g‘alaba strategiyasi va taktikasi” mavzusida o‘quv-seminar boshlandi.
Samarqand shahri va Past Darg‘om tumanida o‘tkazilgan seminarda “Demokratik jamiyatda saylovlar va saylov qonunchiligi”, “Saylov kampaniyasi strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish”, “Siyosiy partiyalarning saylovda samarali ishtirokini ta’minlashning amaliy masalalari va saylovoldi kurashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar”, “Saylovchilar oldida nutq so‘zlashning xususiyatlari va nutq so‘zlashda improvizatsiyadan foydalanish” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Baxtigul QARShIYeVA.