Sayyoradagi sivilizatsiya yetib bormagan joylar

Texnologik yutuqlar va Yerning har bir burchagini o‘rganilishi urinishlariga qaramay, sayyorada zamonaviy odam hali ham o‘z izini qoldirmagan joylar bor. Bu joylar dunyomiz hali kashf etilishini kutayotgan sirlarga boy ekanligidan dalolat beradi.

Surtsey oroli

Surtsey oroli bir necha o‘n yillar oldin yuzaga kelgan okean tubidagi noyob qimmatbaho toshdir. 1960 yillarda Islandiya qirg‘oqlarida suv osti vulqonining to‘satdan va kuchli otilishi natijasida suvdan paydo bo‘lgan bu “go‘dak” orolfan olami uchun haqiqiy sensasiya bo‘ldi.

Surtsey ilmiy jamoatchilikka ekotizim shakllanishini boshidanoq kuzatish imkoniyatini beruvchi noyob "oppoq qog‘oz" bo‘lib xizmat qiladi. Orol olimlarga qanday  qilib turli xil hayot shakllari yangi hududlarga o‘rnashib olishi va mavjud sharoitlarga moslashishini o‘rganish imkoniyatini bergan haqiqiy tabiiy laboratoriyaga aylandi.

Tabiiy laboratoriya qiymatini saqlab qolish va uning ziyon yetkazilmagan holatini ta’minlash uchun Surtsey oroli sayyohlar uchun doimiy yopiq hudud deb e’lon qilindi. Qirg‘oqlarga alohida holatlarda, ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish va qat’iy xavfsizlik choralari ko‘rilgandan keyinfaqat kichik doiradagi olimlar va tadqiqotchilar qadam qo‘yishiga ruxsat beriladi.

Ekotizimning o‘zgarishi va rivojlanishini kuzatish uchun zamonaviy texnologiyalar qo‘llaniladi. Olimlar o‘simliklarning o‘sish dinamikasi, qumtepalar harakati va orolda yuz beradigan boshqa jarayonlarni uning yuzasiga bevosita ta’sir qilmasdan aerofotosuratdan foydalanib, o‘rganishlari mumkin.

Javari vodiysi

Braziliyaning chuqur tropik o‘rmonlarida tabiat va insonning yovvoyi va azaliy go‘zalligidan dalolat beradigan ajoyib va ​​sirli Javari vodiysi yashiringan. Ulug‘vor tog‘lar va unumdor o‘rmon oralig‘ida joylashgan bu tanho hududda ikki mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan o‘n to‘rtta qabila yashaydi.

Tashqi dunyodan ajralib, zamonaviy texnologiya va madaniy ta’sirlardan uzoqda rivojlangan vodiy aholisi o‘zlarining qadimiy an’ana va urf-odatlarini saqlab, tabiat bilan to‘liq uyg‘unlikda yashaydi. Ularning asrlar davomida sayqallangannayzaga o‘xshash asboblari orolda istiqomat qiluvchilar san’ati va hunarmandchiligining timsolidir. Bu qabilalar faqat tabiat ularga bergan narsalardan foydalanib, ajoyib uy-ro‘zg‘or buyumlari va marosim bezaklarini yaratib kelishadi.

Noyob aholining beqiyos qiymati va zaifligi tufayli Braziliya hukumati ularning tashqi dunyodan izolyasiya qilinganligini hisobga olib, vodiyni har qanday tajovuzlardan himoya qilishga qaror qildi.

Qattiq nazorat va cheklovlar ushbu madaniy va tabiiy boyliklar saqlanishini ta’minlaydi. Ushbu qabilalarni o‘rganish yoki aloqa qilish  bo‘yicha barcha urinishlar qat’iy tartibga solingan. Barcha cheklovlarga qaramay, dronlar kabi zamonaviy texnologiyalar vositasida olimlarga bu qabilalar hayotini xavfsiz masofadan o‘rganish va hujjatlashtirish imkoniyati berilgan.

Yuqorida nomlari keltirilgan joylar dunyoichidagi dunyo, tabiat jo‘shqinligi va chuqur ildizotgan an’analari uyg‘unlashgan noyob xazinadir. Bunday mintaqalar bizga globallashuv vatexnologik innovasiyalar davrida ham sayyoradagi borilishi qiyin va sirli joylar borligi haqidaxabar berib turadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.