Senat raisi: «Endilikda karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi»
Bugun Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Senat raisi Tanzila Norboyeva koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi:
«Hozirgi qiyinchiliklar albatta o‘tadi. Pandemiya ham barham topadi. Biroq kelgusida bu kabi qiyinchiliklar bo‘lmaydi deb hech kim kafolat bera olmaydi. Shunday ekan, barcha sohalardagi tartib-taomillarni mana shunday sharoitlarga moslashtirishimiz zarur deb hisoblaymiz.
Endilikda karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi keng targ‘ibot ishlarini kuchaytirishimiz, kasallikka chalinganlarni ishlab chiqilgan protokollar asosida davolash bilan birga normal hayotga qaytarishimiz, ya’ni iqtisodiyotimizni rivojlantirishimiz zarur».