Sessiyada viloyat hokimi nomzodi tasdiqlandi
Xalq deputatlari viloyat Kengashining birinchi sessiyasida viloyat hokimini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Qonunchilikka ko‘ra, viloyat hokimi lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etiladi hamda ushbu nomzod bo‘yicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan viloyat hokimi lavozimiga nomzod bo‘yicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi G‘.Mirzayev sessiya ishida ishtirok etdi. Maslahatlashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga E.Turdimov nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi.
Nomzod deputatlarga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga mo‘ljallangan o‘z dasturini taqdim etdi.
Nomzod bo‘yicha partiyalar guruhlari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich nomzodi Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.