Vazirlik va idoralarda uch mingga yaqin shtat qisqartirildi

Prezident farmoni bilan davlat organlarining boshqaruv xodimlari soni qisqartirildi.
O‘zbekistonda hozirgi kunda 21 ta vazirlik, 14 ta qo‘mita (13 ta edi), 26 ta agentlik (25 ta) va 9 ta inspeksiya (11 ta), jami 70 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari mavjud.
70 ta davlat organi boshqaruv xodimlarining maksimal soni 53 560 nafar etib belgilandi.

Bungacha xodimlar soni 56 509 nafarni tashkil etgan, ya’ni boshqaruv xodimlarining 5,2 foizi qisqartirilgan (2949 shtat birligi). Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan respublika organlari xodimlarining soni 51950 ming nafardan 49105 nafarga (-2845 nafar), budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan esa 4919 nafardan 4455 nafarga (-464) qisqartirilgan.