Bulung‘urda 7,4 million so‘mlik alyuminiy rangli metall parchalari ushlab qolindi
- 05.11.2024 12:04
- 39
- Samarqand
Viloyat bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda viloyat IIB yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda rangli metallarni noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Bulung‘ur tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda "Samarqand-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanayotgan "ISUZU" rusumli yuk mashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida avtomashinaning yukxonasidan hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 7,4 mln. so‘mlik, og‘irligi 679,90 kilogramm alyuminiy rangli metall parchalari borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Xotin-qizlar sportda bellashdi
- 2 soat avval
- Sport
Sudya va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
- 2 soat avval
- Samarqand
Samarqand deklaratsiyasi
- 3 soat avval
- Dolzarb