Bulung‘urda iste’molga yaroqsiz 900 kilogramm go‘sht olib ketayotgan yuk mashinasi to‘xtatib qolindi
- 25.03.2025 14:46
- 141
- Samarqand

Bulung‘ur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan, 30R040BB davlat raqamli, “ISUZU” rusumli avtomobil to‘xtatib tekshirilganda, mashina salonida jami og‘irligi 900 kilogramm bo‘lgan go‘sht borligi aniqlangan.
Mutaxassislarda shubha uyg‘otgan ushbu mahsulot Bulung‘ur tuman hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida tekshirilganda, bu go‘sht iste’molga yaroqsizligi bo‘yicha xulosa qilingan.
Viloyat IIB JXX jamoat tartibini saqlash boshqarmasi karantin tadbirlarini ta’minlash guruhining ma’lum qilishicha, ushbu go‘sht tegishli tartibda yo‘q qilingan va uni sotish maqsadida olib ketayotgan Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi fuqaro M.A.ga nisbatan qonunchilikka ko‘ra chora ko‘rildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bog‘ibalandda “Anjir sayli” o‘tkazildi
- Kecha, 18:02
- Samarqand
Samarqand - dunyo sivilizatsiyasi poytaxti
- Kecha, 17:38
- Samarqand
Qishda gazdan muammo bo‘lmaydimi?
- Kecha, 12:58
- Iqtisodiyot
Turmush chorrahalarida: Qaynona
- Kecha, 09:09
- Mutolaa
Ehson egasini topdi
- 08/08, 19:42
- Mutolaa