Madaniy meros ob’yektlari restavratsiyasida xorijiy tajriba muhim

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Prezidentimiz tashabbusi bilan universitetga aylantirilganiga ikki yil to‘ldi.

Shundan so‘ng oliygohimizda universitet maqomiga mos, xalqaro ta’lim dasturlari asosida o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlar asosida transformatsiya qilish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish hamda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini mustahkamlash maqsadida universitetda madaniy meros ob’yektlarini asrash fakulteti tashkil etildi.

Yaqinda universitet rektori Chidem Turkyilmaz taklifiga ko‘ra, Turkiyaning tajribali mutaxassislari Pekgo‘z Haydar, Pekgo‘z Ebru Samarqandda bo‘lib, madaniy meros ob’yektlarini asrash fakulteti professor-o‘qituvchilari, doktorant, magistrant va talabalariga bir oy davomida Amir Timur maqbarasi atrofidagi mahallalar, turarjoylarning tipalologiyasi, konstruksiyasi, arxitekturasi, intererlari, ekstrerlari o‘rganish, restavratsiya qilish, konservatsiyalash, loyiha takliflari ustida ishlash bo‘yicha o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdi.

Olimjon O‘ROQOV,

SamDAQU madaniy meros kafedrasi mudiri.