Shaharsozlik normalari qayta ko‘rib chiqiladi, zaruratga ko‘ra yangilab boriladi

“Qurilish cohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (577-son, 06.10.2022 y.)

🔰 Qarorga ko‘ra, qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirishning asosiy maqsadlaridan biri etib eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqish belgilandi.

✅ 2023 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar belgilab qo‘yildi:

▫️ “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlaridagi qiymati smeta-resurs normalari asosida shakllantiriladi;
▫️ qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun smeta-resurs normalari tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘ladi;

▫️ qurilish reglamentlari hamda smeta-resurs normalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar jumlasiga kirmaydi hamda ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish talab etilmaydi;
▫️ shaharsozlik normalari va qoidalari kamida har 3-4 yilda qayta ko‘rib chiqiladi va zaruratga ko‘ra yangilab boriladi;

▫️ qurilish materiallari va jihozlariga oid standartlar faqat Qurilish vazirligi tomonidan qabul qilinadi;

▫️ shaharsozlik faoliyati sohasiga doir milliy normativ hujjatlar bilan bir vaqtda ruxsat etiladigan xorijiy normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan hamda xorijiy davlatlarda ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalarning tegishli qismlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi, deyiladi Huquqiy axborot bergan ma’lumotda.