Shahram G‘iyosov professional boksdagi 10-, Isroil Madrimov esa 6-g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Bugun, 16 avgust kuni tongda AQShning Oklaxoma shtatida professional boksning super yengil va yengil vazn toifalarida janglar bo‘lib o‘tdi.
-63,5 kg vaznda ringga chiqqan Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO) o‘zining navbatdagi jangini nikaragualik Uiston Kamposga (31-8-6, 19 KO) qarshi o‘tkazdi.
Sh.G‘iyosov uchinchi raund oxirida raqibini nokautga uchratdi.
Shu tariqa Shahram G‘iyosov professional boksdagi o‘ninchi jangida 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Isroil Madrimov 20 jang, 2 nokaut natijasiga ega 37 yoshli Erik Uolkerga qarshi ringga chiqdi.
I.Madrimov 5 jang, 5 g‘alaba, 5 nokaut natijasini 6-6-6 raqamlariga almashtirishi mumkin edi. Ammo referi uning 9-raundda raqibini nokautga uchratganini hisobga olmadi. Shunday bo‘lsa-da I.Madrimov Erik Uolkerni 12 raundlik sinov natijasiga ko‘ra ochkolar hisobida yengdi.