Sharqning yagona tarixchi ayoli kim edi?

Temuriylar tarixi hamisha jahon muarrixlarining eng muhim mavzularidan biri bo‘lib kelgan. Xususan, Bobur va uning avlodlari haqida minglab asarlar yozilgan. Bu borada ilk manbalarning ahamiyati beqiyos. Shu ma’noda Boburning qizi Gulbadanbegim tomonidan yozilgan “Humoyunnoma” asari O‘rta asrlar Sharq madaniyatining bebaho tarixiy-ilmiy yodgorligi hisoblanadi.

“Humoyunnoma” Shimoliy Hindiston xalqlari tarixini yoritish, Boburning katta o‘g‘li Humoyun hukmdorlik qilgan davr tarixini ochib berishga bag‘ishlangan. Bu asar Boburning nabirasi Hindiston shohi Akbarshoh (1556-1603) davrida yozilgan. Gulbadanbegim o‘z davrida ilm cho‘qqilarini egallagan, savodi mukammal, temuriylar saroyidagi zodagon ayolga xos yuksak madaniyat sohibasi bo‘lgan. Uning Sharq ayollariga munosib nozik didi, sinchkovligi, oila a’zolariga o‘ta mehribon va mushfiqligi kishi e’tiborini tortadi. Gulbadanbegim Sharqda yagona tarixchi ayol sifatida shuhrat topgan.

 “Humoyunnoma”dag