Shavkat Mirziyoyev Moskvada o‘tkaziladigan G‘alaba paradida ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 23-24 iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Tashrifning birinchi kuni dasturiga muvofiq, oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
24 iyun kuni davlatimiz rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.