ShHT Samarqand sammitiga bag‘ishlab tayyorlangan pochta markasi muomalaga kiritildi

Taqdimotda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar milliy koordinatorlari ishtirok etdi.
– Ushbu muhim voqea munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan sammitga bag‘ishlangan maxsus pochta markasi (pochta bloki ko‘rinishida) tayyorlandi, – deydi O‘zbekiston markasi filiali direktori Sanjar Nizamov. – Joriy yilning sentyabr oyidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan muomalaga kiritildi.

Pochta markasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlarining bayroqlari, sammit logotipi hamda Samarqand shahrining gerbi tasvirlangan. Markaning orqa fonida esa Registon maydoni joylashgan.
Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Shermatov qatnashdi.