Shogirdi yutug‘idan faxrlangan ustozdan xat

Payariq tumanidagi maktab-internatida 30 yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat yuritib, yoshlarga rus tili va adabiyoti fanidan saboq berdim. Hozirgi kunda pensiyadaman, qarilik gashtini suryapman.
Bugun sobiq o‘quvchim Salim Doniyorovni tavalludining 50 yilligi munosabati bilan tabriklamoqchiman. Chunki Salimjon a’lochi, tirishqoq o‘quvchilarimdan bo‘lgan. Shu intiluvchanligi bois maktabni bitirgan yiliyoq Moskva davlat pedagogika universitetiga yuqori ball bilan o‘qishga kirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi akademiyaning Oliy biznes maktabini tamomladi.
2001 — 2017 yillarda “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat olib bordi.
Bugun esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muassisligidagi “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalarining birlashgan tahririyatiga bosh muharrirlik qilib kelmoqda.
Filologiya fanlari nomzodi, taniqli jurnalist bo‘lgan suyukli shogirdim Salimjonning ishlariga omad, ijodiga baraka tilayman. Shunday shogirdlarim bilan faxrlanaman!
Fokiza ABAYeVA,
mehnat faxriysi.