Shoir o‘zi o‘qigan maktabga 200 ta kitob sovg‘a qildi

Bugun yurtimiz bo‘ylab “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bulung‘ur tumanidagi Kildon mahallasidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham mazkur tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Olimlar, ijodkorlar va sportchilar ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoir Nodir Jonuzoq o‘zi tahsil olgan ushbu muassasa kutubxonasiga 200 dona eng sara asarlar jamlanmasini sovg‘a qildi.