Shri-Lanka parlamenti yangi prezident sayladi

Bugun, 20 iyul kuni Shri-Lanka parlamenti shu paytgacha davlat rahbari vazifasini bajarib kelgan sobiq bosh vazir Ranil Vikremesingxeni prezident etib sayladi.

Vikremesingxe 134 ta ovoz oldi. Uning asosiy raqobatchisi, hukmron partiya deputati va sobiq ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Dallas Alaxapperuma 82 deputatning qo‘llab-quvvatlashiga erishdi. Xalq milliy kuch alyansi raisi Anura Kumara Dissanayake 3 ta ovoz oldi.

15 iyul kuni Shri-Lanka parlamenti spikeri prezident Gotabaya Rajapaksa o‘z lavozimini rasman tark etganini ma’lum qilgan edi.

9 iyul kuni Shri-Lankada norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Aholi Rajapaksa iste’fosini talab qilib, mamlakat poytaxti ko‘chalariga chiqdi. Namoyishchilar davlat rahbari qarorgohi hududini egallab, bosh vazir Ranil Vikramasingening qabul uyiga kirib, uni yoqib yuborgan edi.