Teraktlar oqibatida Shri-Lanka sayyohlik tizimi 1.5 milliard dollar yo‘qotdi

Shri-Lanka turizm sohasi, mamlakatda yuz bergan portlashlar tufayli 1.5 milliard dollar yo‘qotishi mumkin. Bu mamlakatga sayohatga bormoqchi bo‘lib aviachipta va mehmonxonalarda xona buyurtma qilgan ko‘plab sayyohlar o‘z buyurtmalarini bekor qilmoqdalar. Bu haqda Daily Financial Timesga tayanib interfax.ru xabar bermoqda.

“Shri-Lankadagi portlashlar nafaqat mahalliy aholini, balki mamlakatga sayohatga kelmoqchi bo‘lib turgan sayyohlarni ham cho‘chitib yubordi. Bizning taxminlarimizga ko‘ra, mamlakat sayyohlik tizimi o‘sha portlashlar tufayli kamida 1.5 mlrd zarar ko‘radi", dedi Shri-Lanka mehmonxonalar Assotsiatsiyasining prezidenti Sanata Ukvatte.

Shri-Lanka sayyohlik va mehmonxonalar biznesi instituti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda sayyohlik va mehmonxona biznesida 135 dan, 150 minggacha odam mehnat qiladi.

Daily Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra esa Shri-Lanka sayyohlik tizimi 2018 yilda $4.4 mlrd foyda ko‘rgan. 2019 yilda $5 mlrd foyda olishni rejalashtirayotgan edi.

Oxirgi yillarda mamlakatga yiliga 3 million atrofida sayyoh kelayotgan edi. Endi, portlashlar sabab bo‘lib bir muddat ko‘rsatkichlar sezilarli pasayadi.

Buni ustiga ko‘plab mamlakatlar o‘z fuqarolariga hozircha Shri-Lankaga sayohatga bormay turishni tavsiya qilmoqdalar.