Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahridagi sayyohlik kompaniyasi Rossiyadagi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

Ayni paytda Moskva shahrida dunyodagi sayyohlik sohasi mutaxassislarini birlashtiradigan Xalqaro forum-ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rgazmaga eng yaxshi takliflarga ega bo‘lgan interaktiv stendlar taqdim etilgan bo‘lib, ular sayohat muhitiga sho‘ng‘ish imkoniyatini beradi.

Forum doirasida Serbiya, Indoneziya, Hindiston va Xitoyning sayyohlik bo‘yicha xorijiy idoralari ko‘magi bilan Rossiyaning yetakchi turoperatorlari ishtirokida B2B formatida uchrashuvlar tashkil etilgan.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ko‘rgazmalarda Samarqand shahridagi «Shirin Sayyoh» sayyohlik kompaniyasi faol ishtirok etib, yurtimizning turizm imkoniyatlari va istiqbollarini namoyish etmoqda.