O‘zbekiston sayyohlar uchun xavfsiz hisoblangan jahonning beshta davlati qatoriga kirdi
- 06.09.2019 17:34
- 192
- O‘zbekiston
Sayohatchilar uchun onlayn xizmat ko‘rsatuvchi Wegoplace tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yolg‘iz sayohatga chiqqan sayyohlar uchun eng xavfsiz bo‘lgan beshta davlat qatorida tilga olinmoqda, deb yozmoqda Podrobno.uz nashri.
Xorijliklarning xavfsizliklarini ta’minlash borasidagi reytingda Singapur davlati 97 ball bilan birinchi o‘rinda turibdi. Undan keyin Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya davlatlari 93 ballga ega bo‘lishdi. Mazkur reytingni beshinchi o‘rnida 91 ball bilan O‘zbekiston joylashgan.
Jahonning 142 davlati aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida Venesuela eng xavfli bo‘lgan davlat sifatida tan olindi. Siyosiy va iqtisodiy tanglik yuzaga kelgan mazkur mamlakat bor-yo‘g‘i 44 ball to‘plagan. Sayyohlar uchun xatarli bo‘lgan so‘nggi uchlik qatorida Afg‘oniston 45 ball va Janubiy Sudan 54 ball bilan joy olgan.