Si Szinpin uchinchi muddatga Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Bosh kotibi lavozimiga qayta saylandi
Xitoy Kommunistik partiyasining XX s’yezdi bir kun avval o‘z ishini yakunladi. Partiya Markaziy qo‘mitasining bugun bo‘lib o‘tgan birinchi yalpi majlisida Si Szinpin XKP Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga qayta saylandi, deya xabar bermoqda “Sinxua”.
Bu uning 2023 yilda Butunxitoy xalq vakillari kengashi sessiyasida Xitoy Xalq Respublikasi raisi lavozimiga qayta saylanishiga yo‘l ochadi.
U 2013 yildan buyon davlat rahbari bo‘lgan, 2018 yilda esa XXR Raisi vakolatlarini ikki muddatga cheklashni bekor qiluvchi konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilgan edi. Xitoy Kommunistik partiyasi Nizomida oliy partiya lavozimini egallash uchun muddat belgilanmagan.
Si Szinpin, shuningdek XKP Markaziy harbiy kengashi raisi etib tayinlandi.
Bugun, shuningdek, yangi chaqiriq XKP Markaziy Qo‘mitasining birinchi plenumi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, unda Siyosiy byuro va uning doimiy qo‘mitasi tarkibi tasdiqlanadi.
Darvoqe, bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Xitoy Kommunistik partiyasining XX qurultoyi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani hamda u partiyaning Markaziy qo‘mitasi Bosh kotibi lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.