Si Szinpin xitoyliklarni oziq-ovqatni tejashga chaqirdi

Xitoy yetakchisi Si Szinpin xitoyliklarni oziq-ovqat mahsulotlarini isrof qilishni bas qilib, yegulikni tejashga chaqirdi.  Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

Xitoy yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, bu masalada uning hamyurtlari tomonidan yo‘l quyilayotgan isrofgarchilik dahshatli va achinarli. Si Szininning ta’kidlashicha, oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi xavf hech qayerga yo‘qolmagan.

“Qonunlarni kuchaytirish, nazoratni oshirish, samarali choralarni qo‘llash, uzoq muddatli mexanizm yaratish va oziq-ovaqt mahsulotlarini ortiqcha isrof qilinishini qat’iy yo‘q qilish zarur”, - degan u.

XXR rahbari, hukumat shu yo‘nalishda davomiyli tashviqot ishlarini amalga oshirishi zarur ekanligini alohida ta’kidladi.

“...aholini yegulikka nisbatan tejamkor bo‘lishga o‘rgatish, isrofgarchilik uyatli holat hisoblanishi, tejamkorlik esa sharafli bo‘lishi lozim”, - dedi Si Szinpin.