Sirdaryolik 198 nafar ayollar va bolalar Andijon viloyatidagi sihatgohga joylashtirildi
- 20.05.2020 20:00
- 76
- O‘zbekiston
Bugun Sirdaryo viloyati “Sardoba” suv ombori fojiasi tufayli xonadonlari talafot ko‘rgan xotin-qizlar va bolalarning sog‘ligini tiklash maqsadida Andijon viloyatiga olib kelindi.
Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ular viloyat temir yo‘l vokzalida kutib olindi.

Shundan so‘ng Mirzaobod tumanining Navbahor mahallasidan olib kelingan 130 nafar xotin-qizlar va 68 nafar yoshlarni Andijon viloyatining eng so‘lim go‘shasi tabiiy musaffo havosi bilan ajralib turuvchi Xonobod shahridagi “Xonobod sihatgohi”ga joylashtirildi.
Mehmonlarni karantin qoidalariga amal qilgan holda sog‘lomlashtirish, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini tashkil etish hamda Andijon shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirish orqali kayfiyatini ko‘tarish chora-tadbirlari ko‘rilgan.

O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda zamonaviy IT-park qurilishi boshlandi
- Kecha, 20:29
- Ta’lim
Ilmiy tadqiqotlar hayotga joriy etilyaptimi?
- Kecha, 17:18
- Salomatlik
Qudachilik va kibr
- Kecha, 17:02
- Mutolaa
Antibiotiklar foydalimi yoki zararli?
- Kecha, 16:38
- Ta’lim
Ekologiya: Bugungi beparvolik, ertangi fojia
- Kecha, 16:30
- Dolzarb