Sochidan uchgan samolyot nosozlik sababli Antaliya aeroportiga qo‘ndi

Qo‘nish vaqtida dvigatel yonib ketgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qo‘nishdan so‘ng darhol kuchli tutun chiqa boshlagan, salonda vahima boshlangan. Samolyot uchuvchisi puflanuvchi traplar yordamida barchani evakuatsiya qildirgan.

“Qo‘nish juda keskin bo‘ldi. Bolalar qichqirishdi, ko‘pchilik yon o‘rindiqlarga urildi. Keyin o‘tkir chaqnash va yong‘in, kabina ichi tutunga to‘la boshladi. Vahima, tiqilinch boshlandi, hech kim bir-biriga yo‘l bermasdi”, — deydi samolyot yo‘lovchilaridan biri.