Sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va veterinariya sohalari bo‘yicha maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 1-son bayoniga muvofiq, tegishli vazirlik va mahalliy hokimliklar buyurtmalari asosida respublika hududlaridagi sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, veterinariya sohalarida oliy ma’lumotli kadrlarga mavjud yuqori ehtiyojni qoplash maqsadida maqsadli qabul ko‘rsatkichlari belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining telegram kanalida ma’lum qilindi.

Bunda 2020/2021 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosida jami 2537 ta ajratildi.

✅Jumladan,

👉 sog‘liqni saqlash sohasi uchun tumanlar kesimida – 1 507 ta;

👉 xalq ta’limi sohasi uchun tumanlar kesimida – 805 ta;

👉 veterinariya sohasi uchun hududlar kesimida – 225 ta.