Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi

2020 yil 8 iyul kuni Prezidentimiz rahbarligida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida soliq idoralarida “Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi” tizimini joriy etish belgilangan edi.

Shunga muvofiq, solik xizmati idoralarida tadbirkorlarga ko‘maklashishni amaliyotga joriy qilish maqsadida “Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.

Jumladan, Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasida ham ushbu mexanizm tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qadamma–qadam amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar belgilab olindi. Ya’ni, tadbirkorlarga ko‘maklashish, ularga soliq qonunchiligiga doir masalalar yuzasidan tushuncha va axborotlar berib borish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish soliq xizmati xodimlarining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 258 ta korxonada oylik, choraklik hisobotlarni elektron tarzda yuborish, nazorat-kassa mashinasining ishlatilishi va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar hamda imtiyozlar haqida tushuncha berish maqsadida seminar o‘tkazildi.

B.AHMEDOV,

Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimi.