So‘rovnoma natijalari: Faqat 17 foiz ishtirokchilar yomg‘irli kunlarda ham elektr muammosi bo‘lmaganini bildirdi

O‘tgan haftada havo haroratining pasayishi va ketma-ket yomg‘irlardan so‘ng elektr ta’minotida yuzaga kelayotgan uzilishlar borasida murojaatlar sezilarli oshdi.
Ma’lum bo‘ldiki, uzilishlar asosan elektr tarmoqlaridagi eskirgan simlar va simyog‘ochlar hamda zo‘riqayotgan transformatorlar hisobidan kelib chiqmoqda.
Telegram kanalimizda “Yomg‘irli kunlar boshlangach, siz yashaydigan hududda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ldimi?” savoli bilan so‘rovnoma o‘tkazgandik.
Yuqorida aytilganidek, ishtirokchilarning 17 foizi yomg‘irli kunlarda ham elektr ta’minotida muammo bo‘lmaganini ma’lum qilgan bo‘lsa, 11 foiz respondentlar deyarli elektrsiz qolishganini aytgan.
Shuningdek, 36 foiz ishtirokchilar yomg‘irli kunlarda bir-ikki marta elektr uzilishi kuzatilganini aytgan bo‘lsa, yana 36 foiz ishtirokchi elektr ta’minotida har kuni uzilishlar bo‘layotganini qayd etgan.