Sovuqda fermerlarga ko‘maklashuvchi tezkor guruhlar tuzildi

Bahorgi sovuqlar davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun tezkor guruhlar tashkil etildi.

18-20 mart kunlari respublika hududida keskin sovuq tushishi, havo harorati kechasi 7-10 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Mevali bog‘ va tokzorlar, ertaki kartoshka va sabzavot ekinlariga havo harorati salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida fermer, tomorqachilarga yordam berish bo‘yicha tezkor guruhlar tashkil etildi.

Tezkor guruhlar soha olimlari bilan birgalikda respublika hududiga kirib kelgan sovuq ob-havo ta’siridan joylardagi mevali bog‘, uzumzorlar va “to‘qsonbosti” usulida hamda ertaki maydonlarga ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini asrash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqib, joriy etmoqda.

Respublika monitoring shtabi aloqa markazi telefon raqamlari:
+998 71 2067169; +99871 2067170; +99871 2067172.
Elektron manzil: meva@agro.uz.

Hududiy shtab:
Samarqand viloyati (+998) 94-445-65-85.