Sovuqda qushlar va hayvonlar och qolmaydimi?
Sovuq hukm surayotgan shu kunlarda Ekologiya milliy qo‘mitasi tasarrufidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida biotexnik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Davlat inspektorlari tomonidan milliy tabiat bog‘ining belgilangan joylariga yovvoyi hayvonlar va qushlar uchun ozuqalar joylashtirilib borilmoqda.
Qishning qorli-qirovli kunlarida ozuqa topishga qiynalgan jonivorlarning yemishi ta’minlanishi orqali ularning qishdan betalofat chiqishlariga erishiladi.
"Ayni paytda milliy tabiat bog‘ida 2500 ming dona toy xashak, 2 tonna bug‘doy va 4 tonnaga yaqin kepak zaxirasi mavjud. Ushbu ozuqalarni tarqatish tadbirlari milliy bog‘ning barcha bo‘limlarida amalga oshirilmoqda", deya xabar bermoqda viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.