Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini ishlab chiqarish qachon to‘xtatilishi ma’lum bo‘ldi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda sohaga ilg‘or xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv uslublarini tatbiq etish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot turlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
- 2022-2023 yillarga qadar O‘zbekistonda Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini ishlab chiqarish asta-sekin to‘xtatiladi, - deydi “O‘zavtosanoat” strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qodirov. - Ularning o‘rniga 10-15 ming AQSh dollari atrofidagi yangi modellar, jumladan, Chevrolet Onix ishlab chiqarilishi boshlanishi qayd etildi. Ta’kidlanishicha, bu yangi modellarning ayrimlari elektromobil bo‘ladi.