SSSRdan qochishga muvaffaq bo‘lgan qiz
Yaqinda allaqanday Rossiya fuqarosining Kunashir orolidan Xokkaydoga siyosiy boshpana so‘rab suzib o‘tgani haqidagi xabar dunyoda qiziqish uyg‘otdi. (MN 2021 yil 36-son)
Hozirgi Rossiya uchun aql bovar qilmas voqea. Ammo SSSR davrida bunday urinishlar hech kimni ajablantirmagan ekan.
18 yashar qizni SSSRdan qochib ketganiga ishonish qiyin. Miliana Gosinskaya 1961 yilda Lugansk oblastidagi Altevek shaharchasida tug‘ilgan. Voyaga yetgach, maxsus til yo‘nalishidagi maktabga o‘qishga borgan. Chet el lingvistikasini qunt bilan o‘rgangan. O‘tish jarayonida G‘arb turmush tarzini sovet turmush tarzi bilan taqqoslab ko‘rgan va qat’iy qarorga kelgan: SSSRda uning qiladigan ishi yo‘q! Hunar-texnika bilim yurtida o‘qib, ofitsiant kasbini egallagan. Endi uning SSSRdan qochish rejasini amalga oshirish uchun yo‘l ochiq edi.
1978 yilda u sovet sayohat kemasi «Leonid Sobinov» teploxodida ofitsiant sifatida o‘zining birinchi chet el sayohatiga chiqadi. Avstraliya qirg‘oqlarida qator sabablarga ko‘ra, teploxod buxtada turib qoladi. Milana uchun bu ayni muddao edi. Kechki ovqatdan so‘ng u qizil cho‘milish kiyimidan tashqari, hamma narsasini qoldirib, o‘z kayutasi illyuminatorini ochib, suvga sakraydi… Plyajgacha suzib borib, qumda sayr qilib yurganlardan ingliz tilida politsiyaga borishi lozimligini tushuntiradi. Bir jintelmen uni politsiyaga olib boradi.
Diplomatlarni qochoq qizni teploxodga qaytarishga urinishlari zoye ketdi. Liliana allaqachon reportyorlar qurshoviga tushgan va intervyu bera boshlagan edi. Oxir-oqibat qizga katta injiqlik bilan bo‘lsa-da, Astraliya fuqaroligini berishadi. U «Dayli Miror» gazetasi fotosuratchisi Yan Xaysonga turmushga chiqadi. Bu nikoh olti yil davom etadi. Yan Xayson Gosinskayaga katta mablag‘ qoldiradi. U 1990 yilda Angliyaga keladi. Yana turmushga chiqib, ikki o‘g‘il ko‘radi. Ukrainadan ota-onasini olib keladi. Hozirda u matbuot bilan muloqotga kirishmaydi.
T.ShOMURODOV tayyorladi.